Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Magnus Karlsen va dunyoning boshqa yetakchi shaxmatchilari Samarqanddagi olimpiadani o‘tkazib yuboradi

Magnus Karlsen va dunyoning boshqa yetakchi shaxmatchilari Samarqanddagi olimpiadani o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

Dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen va yana bir qator taniqli grossmeysterlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etmaydi.

Magnus Karlsen Norvegiya terma jamoasi safida musobaqada qatnashmasligini rasman ma’lum qildi. Shuningdek, bahor oylarida jamoa qaydnomasiga kiritilgan Aryan Tari hamda Jon Ludvig Hammer ham turnirda ishtirok etishdan bosh tortgan. Natijada, uch nafar yetakchi shaxmatchisiz qolgan Norvegiya terma jamoasi musobaqaning start jadvalida 21-o‘ringa tushib ketdi.

Samarqanddagi nufuzli musobaqani faqatgina norvegiyaliklar emas, balki boshqa qator terma jamoalarning yetakchi vakillari ham o‘tkazib yuboradi. Boshqa terma jamoalardagi asosiy yo‘qotishlar ro‘yxati quyidagicha:

Fransiya: Alireza Firuzja;

AQSH: Hikaru Nakamura, Lener Dominges;

Eron: Parham Maghsudlu, Puya Idani;

Ozarbayjon: Teymur Rajabov;

Angliya: Devid Houyell;

Polsha: Radoslav Voytashek;

Ruminiya: Kirill Shevchenko.

Ma’lumot uchun, Samarqandda o‘tadigan 2026-yilgi olimpiadada jami 400 ta — ochiq turnirda 208 ta va ayollar o‘rtasidagi musobaqada 192 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich musobaqa tarixidagi mutlaq yangi rekord hisoblanadi. Tadbirning ochilish marosimi 15-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi, 16-sentyabrdan 27-sentyabrgacha esa ishtirokchilar klassik vaqt nazorati ostida Shveysarcha tizim bo‘yicha 11 tur doirasida o‘zaro bahs olib boradilar.

Kiritildi: 16:44, 06.08.2026.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик