Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Islom Ahmedov: «Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi»

Islom Ahmedov: «Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona» – «Andijon» (1:0) o‘yinidan keyin «Andijon» ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O‘yinga keladigan bo‘lsak, to‘pni nazorat qildik, hujumlarga ham o‘tdik. Baribir bizda hujumdagi tajovuzkorlik yetishmadi. Futbolchilarimiz borini berib harakat va mehnat qilishdi. Buning uchun ularga hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Hujumni yakunlashda kamchiliklarimiz ko‘rinib qoldi.

– 10 avgust kuni yozgi transfer oynasi yopiladi. Jamoada yana yangi o‘yinchilarni ko‘rishimiz mumkinmi?

– Bu masala bo‘yicha rahbariyat bilan birga izlanyapmiz. Ayniqsa, hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha istayapmiz. Bu borada bir-ikkita futbolchi bilan muzokaralar olib boryapmiz. Baribir ularning o‘z jamoalari bilan amaldagi shartnomalari borligi uchun ushbu jarayon biroz qiyin kechyapti.

– «Andijon»ni keyingi turda o‘z uyida «Neftchi»ga qarshi vodiy derbisi kutmoqda. Bugungi mag‘lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhlantirish va bo‘lajak jiddiy uchrashuvga tayyorlash rejasi qanday bo‘ladi?

– Hozircha yigitlarimizga ikki kunlik dam berdik. Futboldan biroz chalg‘ib, oilasi bilan birga bo‘lib, ruhiy tomonlama o‘zlariga kelib olishlari uchun shunday qildik. 9 avgustdan o‘z bazamizda yig‘ilib, vodiy derbisiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu o‘yinni ko‘rib chiqib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ustida ko‘proq ishlaymiz.

Manba: @andijonpfc
Kiritildi: 23:47, 06.08.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик