Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Jenoa» «Sevilya» yarim himoyachisi transferini e’lon qildi

«Jenoa» «Sevilya» yarim himoyachisi transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Jenoa» klubi rasmiy sayti orqali «Sevilya» yarim himoyachisi Jibril Souning transferini amalga oshirganini ma’lum qildi. 29 yoshli shveysariyalik futbolchi Italiya klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

«Jibril jamoamizga boy tajriba, mahorat, taktik intellekt va yuqori dinamika olib kiradi. U — maydonda katta yordam berishga tayyor bo‘lgan universal yarim himoyachi. Ushbu transferni muvaffaqiyatli yakunlaganimizdan juda mamnunmiz», — dedi Italiya klubining futbol yo‘nalishi rahbari Diyego Lopes.

O‘tgan mavsumda Sou La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u JCH-2026 turnirida Shveysariya terma jamoasi tarkibida 4 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Kiritildi: 08:10, 07.08.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик