De Telegraaf nashri xabariga ko‘ra, super-agent Jorje Mendesh belgiyalik chap qanot vingeri Mika Godtsning «Ayaks»dan «PSJ»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralarda shaxsan ishtirok etmoqda.
«PSJ» sport direktori Luish Kampush futbolchi uchun 40 million yevro kafolatlangan mablag‘ va yana 5 million yevro bonus sifatida dastlabki taklifni yubordi, biroq «Ayaks» bu taklifni darhol rad etdi.
Amsterdam klubi iqtidorli vingerni sotishga rozi bo‘lishdan oldin umumiy qiymati 60 milliondan 65 million yevrogacha bo‘lgan transfer paketini talab qilmoqda.
Godtsning o‘zi «PSJ» bilan 2031 yoki 2032 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha shaxsiy kelishuvga erishgan va Parijga ko‘chib o‘tish istagida qolmoqda.
Mendesh ushbu transfer bo‘yicha «no-cure-no-pay» (natija bo‘lmasa, to‘lov yo‘q) tartibida ishlamoqda va faqatgina «Ayaks» talab qilgan transfer summasini ta’minlay olgan taqdirdagina moliyaviy mukofot oladi.













