Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Menejer Maxachev uchun eng qiyin raqib kim ekanini aytdi

Menejer Maxachev uchun eng qiyin raqib kim ekanini aytdi

Baho:
+ | -

UFC yarim o‘rta vazn toifasining amaldagi chempioni, 34 yoshli rossiyalik Islom Maxachevning menejeri Ali Abdulazizning fikricha, uning yana bir mijozi — UFC'ning yarim o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman Islom uchun ushbu diviziondagi eng qiyin raqib bo‘lardi.

“Kamaru Islom uchun munosib raqib. Bu Islom faoliyatidagi eng og‘ir jang bo‘lardi. Kamaru buni isbotladi, chunki jang kuni o‘zidan to‘qqiz kilogramm og‘irroq bo‘lgan raqibni yenga oldi. Men Drikusning xizmatlarini kamaytirmoqchi emasman, u ajoyib jangchi va halol g‘alaba qozondi. Shunga qaramay, Kamaru doimo yuqori darajada harakat qildi va jang yakunida yanada faollashdi”, dedi Abdel-Aziz.

Ayni paytda Islom Maxachev UFC promoushenida qatorasiga 16 ta g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatida jami 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat mavjud. Bundan tashqari, U 16 ta g‘alabali seriyada ketmoqda.

Usman esa oxirgi jangini 2026-yil 18-iyul kuni o‘tkazgan bo‘lib, Drikus Dyu Plessiga mag‘lub bo‘lgan edi. Uning MMAdagi rekordi 21 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyatni tashkil etadi. U so‘nggi 5 ta jangining 4 tasida imkoniyatni boy bergan.

Kiritildi: 14:36, 07.08.2026.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик