Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Konor Makgregor Maxachev — Gerri jangi g‘olibini aytdi

Konor Makgregor Maxachev — Gerri jangi g‘olibini aytdi

Baho:
+ | -

Yengil va yarim yengil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, 38 yoshli irlandiyalik Konor Makgregor hamyurti Ien Gerri yarim o‘rta vazn toifasida 34 yoshli UFC chempioni, rossiyalik Islam Maxachevga qarshi kechadigan jang g‘olibi bo‘lishiga ishonch bildirdi. Ularning jangi Filadelfiyada (AQSH) bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turnirida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 16 avgust kuni o‘tkaziladi va ularning to‘qnashuvi oqshomning markaziy jangi bo‘ladi.

«Bu yigit — haqiqiy iste’dod va men Ienning chempion bo‘lishiga ishonaman», — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi Gerrining intervyusi joylashtirilgan post ostida.

Hozirgi vaqtda Maxachev UFC'da ketma-ket 16 ta g‘alabali seriya qayd etmoqda. Islamning hisobida jami 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. Rossiyalik jangchi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan UFC 322 turniridagi oxirgi jangida avstraliyalik Ҷek Della Maddalenaga qarshi maydonga tushgan edi. Jang oralig‘ida UFC'ning yarim o‘rta vazndagi tituli bor edi. Bellashuv hakamlarning bir ovozdan bergan qarori bilan Maxachevning g‘alabasi bilan yakunlangan.

Ien Gerri esa 22 noyabr kuni Qatardagi UFC turnirida bo‘lib o‘tgan oxirgi jangida kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan amerikalik Belal Muhammadni hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan edi. Irlandiyalik jangchining professional rekordida 17 ta g‘alaba (shulardan 8 tasi muddatidan oldin) va bitta mag‘lubiyat bor.

Kiritildi: 19:45, 07.08.2026.
O'qildi: 1234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик