«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba «Manchester Yunayted»ga o‘tishni xohlaydi.
22 yoshli futbolchi o‘tgan yildan beri «qizil iblislar» lageriga transfer qilinishiga tinmay harakat qilmoqda, deb xabar beradi The Touchline nashriga tayanib insayder Fabrisio Romano. Kamerunlik futbolchi hozir ham umidini uzmagan, ammo uning yaqinda olgan jarohati vaziyatni murakkablashtirdi.
Mankunianliklarning Balebaga qiziqishi joriy yilda ham, o‘tgan yozda ham borligi aytilgan edi, biroq ish aniq taklifgacha yetib bormayapti. Yarim himoyachining «chaykalar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan, uning bozor qiymati esa Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 55 million yevroga baholanmoqda.













