Kirish Ro'yxatdan o'tish

Spens «Manchester Yunayted»ga taklif qilindi

Spens «Manchester Yunayted»ga taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Jed Spens «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, joriy transfer oynasida «Tottenxem»dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan 25 yoshli futbolchining xizmatlari «qizil iblislar»ga taklif qilingan.

Manbaga ko‘ra, «shporlar» Spensni taxminan 41 million yevroga baholashmoqda, ammo «Manchester Yunayted» hozircha angliyalik futbolchini sotib olish yoki olmaslik borasida bir qarorga kelmagan. Ta’kidlanishicha, Spens «Liverpul»ga ham taklif etilgan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, mahsuldor harakatlari bilan ajralib turmagan.

Kiritildi: 13:59, 08.08.2026.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик