Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Yan-Paul van Xekke yangi mavsumda jamoaning ambisiyalari haqida gapirib o‘tdi.
«Tottenxem» cho‘qqiga qaytishi kerak va biz aynan shunga harakat qilyapmiz. Klubga kelishimdan oldin Mikki menga bu yer ajoyib makon ekanini aytgandi. Bu yerga kelgach, bu haqiqatan ham katta klub ekanini darhol angladim», — deydi van Xekke Football London nashriga.
«Tottenxem» niderlandiyalik futbolchini ushbu transfer oynasida «Brayton»dan 60 million yevro evaziga sotib oldi. O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













