«Arsenal» «Yuventus» yarim himoyachisi Kenan Yildizga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Goal.com La Stampa nashriga tayanib.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius Junior varianti yo‘qqa chiqqach, turkiyalik futbolchi London klubining ustuvor nishonlari qatoridan o‘rin oldi. Braziliyalik vinger «Real» bilan shartnomasini uzaytirdi, shu sababli «Arsenal» endi hujum chizig‘iga boshqa maqomdagi yuqori darajali futbolchi qidirmoqda.
Asosiy nomzodlardan biri so‘nggi mavsumlarda sezilarli darajada o‘sishga erishib, «Yuventus»ning asosiy figuralaridan biriga aylangan 21 yoshli Yildiz bo‘ldi.
Shu bilan birga, Turin klubi futbolchini oddiy shartlar evaziga sotib yubormoqchi emas. «Yuventus» loaqal muzokaralarni boshlashi uchun ham «Arsenal» 100 million yevrodan ancha yuqori bo‘lgan taklif bilan chiqishi talab etiladi.













