Yarim himoyachi Lorenso Pellegrini va «Roma» yangi shartnoma imzoladi.
Sky Sport ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli italiyalik futbolchining yangi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Pellegrini «Roma» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2005 yildan 2015 yilga qadar rimliklar tizimida bo‘lgan. Keyin ikki mavsum davomida «Sassuolo»da o‘ynagan va 2017 yilda o‘z tarbiyasidagi klubiga qaytgan.
Pellegrini o‘tgan mavsumda A Seriyada 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 2 ta sariq kartochka oldi.














