“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso nima sababdan London klubini boshqarishga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi.
“Nega aynan ‘Chelsi’? Men futbolni yaxshi ko‘raman, ‘Chelsi’ esa dunyodagi eng buyuk klublardan biri. Bu imkoniyatga ega bo‘lganimdan faxrlanaman va buni katta sharaf deb bilaman. Bu ulkan salohiyatga ega klub. Endi mening maqsadim — muvaffaqiyatga erishish”, deydi Alonso.
Alonso 2026 yilning 1 iyul kuni rasman “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlandi va 2026 yilda jamoani boshqargan uchinchi mutaxassisga aylandi. 2025/26 yilgi mavsumning birinchi yarmida klubni boshqargan italiyalik Enso Mareska iste’foga chiqarilganidan so‘ng, bosh murabbiylik lavozimida Liam Rosenyor va Kalum Makfarleyn faoliyat olib bordi.
Xabi Alonso esa o‘tgan mavsumni Madridning “Real” klubida bosh murabbiy sifatida boshlagan. Ispaniyalik mutaxassis 2026 yil yanvar oyida Madrid klubini tark etgan.
Avvalroq, ispaniyalik mutaxassis “Chelsi” tarkibini Madridning “Real” klubining ikki nafar futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi ekani xabar qilingan edi.
London klubining yangi murabbiyi Arda Gyuler va Alvaro Karrerasni o‘z jamoasida ko‘rishdan manfaatdor. Bunda futbolchilar bilan bog‘liq vaziyat turlicha rivojlanmoqda. Alonso “Real”dan ketganidan keyin tarkibdagi joyini yo‘qotgan Karreras Londonga ko‘chib o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, Arda Gyuler esa Madrid klubini tark etishni istamaydi.
Turkiyalik yarim himoyachi aynan “Real”da muvaffaqiyatga erishishdan umidvor va “Chelsi” tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, hozircha jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.
Shu bilan birga, Karreras avvalroq uning Madrid klubiga o‘tishini talab qilgan Alonso qo‘l ostida o‘ynashga xayrixohlik bildirgan.













