Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu yozda ispan klubi a’zosiga aylangan yarim himoyachi Bernardu Silva haqida fikr bildirdi.
«Bernardu uch yoki to‘rtta pozisiyada o‘ynay oladigan futbolchilar sirasiga kiradi va bu har qanday murabbiy uchun juda ajoyib imkoniyatdir. Ayniqsa hozir, jarohatlar sabab tarkibimiz tor — bor-yo‘g‘i 20 nafar futbolchimiz bor bir vaqtda. Bunday vaziyatda bizga Bernardu bajara oladigan ishlarni qiladigan futbolchilar juda zarur», — deydi Mourinyoning so‘zlarini The Touchline nashri keltirib.
Bernardu Silva Angliyadagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng shu yozda «Real»ga ko‘chib o‘tdi. Madridga ko‘chib o‘tgunga qadar portugaliyalik futbolchi 2017 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.













