Turinning «Yuventus» klubi sobiq futbolchisi Mark Yuliano ilgari ham jamoani muvaffaqiyatli boshqargan va yana bosh murabbiy sifatida qaytgan Roberto Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Yulianoning fikricha, uning oldida kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa turibdi.
«Manchinining oldida terma jamoani qayta yuklashdek shoshilinch vazifa turibdi. Terma jamoamizni yirik turnirlar faollari orasida ko‘rmaslik tugul, umuman Jahon chempionatidan tashqarida qolib ketayotganidan hammamiz charchadik. Biz o‘sishimiz kerak, ammo Ispaniya, Fransiya va Angliya qanchalik ilgarilab ketganini hisobga olsak, bu oson bo‘lmaydi», — deydi Yulianoning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirib.
Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan edi.













