Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Almada «Atletiko»dan «River Pleyt»ga o‘tdi

Almada «Atletiko»dan «River Pleyt»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi, 2022 yilgi Jahon chempioni Tyago Almada Madridning «Atletiko» klubidan «River Pleyt»ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Argentina klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Shartnoma uch yarim yilga mo‘ljallangan.

Avvalroq OAVda Argentina klubi Almada uchun 20 million yevro to‘lashi va bu Argentina chempionati tarixidagi eng qimmat xaridga aylanishi haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, «Atletiko» 2027 yilning dekabriga qadar fikridan qaytadigan bo‘lsa, futbolchini 40 million yevroga qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Almada 2025 yilning yozidan beri «Atletiko» safida to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy transfer qiymati — 20 million yevro.

Kiritildi: 07:38, 09.08.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик