Niderlandiyalik himoyachi Mikki van de Ven yaqin orada Londonning «Tottenxem» klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi bilan 2031 yilgacha uzaytirishga kelishib olishgan. Ta’kidlanishicha, van de Venning maoshi sezilarli darajada oshiriladi.
Niderlandiyalik futbolchi bosh murabbiy Roberto De Dzerbi uchun asosiy o‘yinchilardan biri hisoblanadi, shu sababli mutaxassis kelib tushgan uchta yirik taklifga qaramay, uni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.
Van de Ven 2023 yildan beri «shporlar» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













