24 yoshli yarim himoyachi Daniel Maldini «Atalanta»dan «Kalyari»ga ijara asosida o‘tdi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lib, ayrim shartlar bajarilgan taqdirda ushbu band majburiyga aylanadi.
Avvalroq bitimning umumiy qiymati 9 million yevrogacha yetishi mumkinligi xabar qilingandi.
«Kalyari» Daniel Maldini faoliyatidagi yettinchi klub bo‘ladi. Paolo Maldinining o‘g‘li faoliyati davomida avval «Milan», «Spesiya», «Empoli», «Monsa» va «Lasio» klublari sharafini himoya qilgan.













