Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: «PSJ» Ferran Torres uchun «Barselona»ga ilk taklifini yubormoqchi

Fabrisio Romano: «PSJ» Ferran Torres uchun «Barselona»ga ilk taklifini yubormoqchi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni faollashtirmoqda.

Transferlar bo‘yicha mashhur insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Parij klubi yaqin vaqt ichida Ferran Torres uchun «Barselona»ga birinchi rasmiy taklifini yuborishi kutilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda jadallashishi mumkin.

Shu bilan birga, Torresning vakillari «PSJ» bilan futbolchining shaxsiy shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishilgani haqida «Barselona» rahbariyatini xabardor qilgan.

26 yoshli ispaniyalik futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Shu sababli transfer amalga oshishi uchun endi «Barselona» va «PSJ» o‘rtasida kelishuvga erishish talab etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» Torres bilan shaxsiy shartnoma masalasini deyarli hal qilgan va endi asosiy masala klublar o‘rtasidagi transfer summasi bo‘yicha muzokaralar hisoblanadi. Ayrim manbalar bitim qiymati 50 million yevro atrofida bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Ferran Torres 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 12:05, 10.08.2026.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик