Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barsa» Ferran uchun 65 mln yevro so‘raydi

«Barsa» Ferran uchun 65 mln yevro so‘raydi

Baho:
+ | -

«Barselona» va «PSJ» klublari shu haftada hujumchi Ferran Torresning transferini muhokama qilishadi, chunki futbolchi Kataloniya klubini tark etib, Liga 1 ga o‘tish niyatida ekanini bildirgan. Avvalroq parijliklar ispaniyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgani xabar qilingan edi.

Ta’kidlanishicha, ushbu holatni hisobga olgan holda, «PSJ» shartnomasi 2027 yil 30 iyunda tugaydigan futbolchining narxini tushirishga harakat qiladi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu narx mo‘’tadil bo‘lishi kerak. Yangi hujumchi sotib olinmaguncha Ferranning ketishini xohlamagan «Barselona» esa dastlab kamida 65 million yevro talab qiladi, chunki klubga so‘nggi transferlarni yakunlash uchun daromad zarur.

«Barsa» rahbariyati muzokaralar murakkab kechishini tushunib turibdi, chunki futbolchi «PSJ» bilan allaqachon kelishib bo‘lgan. Shu sababli kataloniyaliklar ketishi hal bo‘lgan o‘yinchi uchun imkon qadar maksimal summani olishga harakat qilishadi. Bundan tashqari, ular transfer bahosi, ayniqsa hujumchilar uchun, shu yozda klublar to‘layotgan summalarga mos kelishi kerak deb hisoblashadi.

«PSJ» bunday summani to‘lashni xayoliga ham keltirmayapti, ammo vaziyat keskinlashmasligi va muzokaralarni boshlash uchun salmoqli taklif berish kerakligini anglamoqda. Sport direktorlari Deku va Luish Kampush o‘rtasida juda yaxshi munosabatlar mavjud va bu jarayonni tezlashtirib, transferni bir necha kun ichida yakunlashga yordam berishi mumkin.

Hozirda Ferranning bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi va «PSJ» sobit summa hamda bonuslarni qo‘shgan holda ushbu raqamga yetishi mumkin. Ammo aslida «Barselona»ning o‘zi ham 55 million yevro barcha tomonlar uchun adolatli narx bo‘lishi mumkinligini tushunmoqda. Sababi ispaniyaliklar o‘z vaqtida Ferran uchun «Manchester Siti»ga aynan shuncha to‘lashgan edi, demak qilingan investisiya o‘z-o‘zini qoplaydi.

Kiritildi: 14:55, 10.08.2026.
O'qildi: 1511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик