«Sautgempton» «Manchester Siti» hujumchisi Divin Mubamani ijaraga olish borasida og‘zaki kelishuvga erishdi. «Avliyolar» endi futbolchining kelajagi bo‘yicha ichki muhokamalarni davom ettirayotgan «shaharliklar»ning yakuniy roziligini kutishlari kerak bo‘ladi.
21 yoshli Mubama «Manchester Siti»ning asosiy jamoasi safida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.
O‘tgan mavsumda forvard ijara asosida «Stok Siti»da harakat qilib, jami 28 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
«Sautgempton» o‘tgan mavsumda APLga chiqish uchun pley-off finaliga qadar yetib borgan, ammo yarim finalning dastlabki o‘yini oldidan «Midlsbro»ga qarshi noqonuniy kuzatuv olib borgani sababli musobaqadan chetlatilgan edi.
«Avliyolar» Chempionshipning yangi mavsumini 16 avgust kuni «Uotford»ga qarshi o‘yin bilan boshlashadi.













