Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

UYEFA, KONKAKAF va OFK Infantinoga iste’foga chiqishni taklif qildi

UYEFA, KONKAKAF va OFK Infantinoga iste’foga chiqishni taklif qildi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo futboli rahbariyati FIFA rahbari Janni Infantinoni o‘z lavozimini tark etishga chaqirdi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

FIFA a’zolarining yarmidan ko‘prog‘ini ifodalovchi ushbu konfederasiyalar, shuningdek, tashkilotning Jahon chempionatidagi ulushini xususiy investorlarga sotishga urinishi bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazishni talab qilishdi.

«Futboldagi rahbarlik — bu shaxsiy mulk emas. U hokimiyatga egalik qilish yoki uni saqlab qolishga intilishdan iborat emas. Bu rahbarlarga o‘z vakolatlarini topshirgan futbol jamiyatiga xizmat qilish majburiyatidir.

Ishonch aldov yo‘li bilan puchga chiqqanida, inson o‘ziga vakolat bergan jamiyatdan o‘zini ustun qo‘yganida, ushbu majburiyat unutilgan bo‘ladi», — deyiladi e’lon qilingan matnda.

Xatni UEFA prezidenti Aleksander Cheferin, KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani va OFK prezidenti Salman bin Ibragim Al Xalifa imzolashgan. Nizo fonida UYEFA, KONKAKAF va OFK, agar FIFA turnirlariga boykot e’lon qilinsa, qo‘shma musobaqalar tashkil etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishmoqda.

Shu bilan birga, bir qator milliy assosiasiyalar Infantinoni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Ular orasida Argentina, Marokash va Meksika bor. Afrika futbol konfederasiyasi (KAF) ham FIFA prezidentini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 16:01, 10.08.2026.
O'qildi: 1751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик