«Liverpul»ning yangi a’zosi Ronald Arauxo yaqin o‘tmishda klubda to‘p surgan vatandoshi Darvin Nunyes haqidagi savolga javob berdi.
Urugvaylik hujumchi 2022 yilning yozida «Benfika»dan «qizillar» safiga o‘tgan edi, uch yildan so‘ng esa «Al-Xilyal»ga sotildi.
«Darvinga bildirgan tilaklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. U mening yaxshi do‘stim. Biz deyarli bolaligimizdan beri bir-birimizni taniymiz, anchadan beri birga o‘ynaymiz. U «Liverpul» haqida har doim juda ijobiy fikr bildirgan. U bilan birga sayr qilganingizda, muxlislar uni doimo tanib olishadi va ismini aytib hayqirishadi», — deydi «Barselona»dan ijaraga olingan himoyachining so‘zlarini keltirgan «Liverpul» rasmiy sayti.
Ronald Arauxoning ijarasi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, bitimga sotib olish huquqi ham kiritilgan.













