Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn yozgi transfer oynasida Yevropaning ikki giganti e’tiborida bo‘ldi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, «Barselona» Xulian Alvares bo‘yicha muzokaralar olib borishiga qaramay, yoz davomida Keynning atrofidagi insonlar bilan aloqani uzmagan. «Tottenxem» ham ingliz futbolchisini mamnuniyat bilan ortga qaytargan bo‘lar edi, ammo keyinchalik hujumchining o‘zi butun e’tiborini «Bavariya»ga qaratganini ma’lum qildi.
Mish-mishlar fonida Nemis grandi hujumchi ta’tildan qaytishi bilan u bilan shartnomani uzaytirish jarayonini tezlashtirishga qaror qildi. 33 yoshli Keyn o‘tgan mavsumni juda yuqori darajada o‘tkazdi. U «Bavariya» tarkibida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.













