Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Milan» futbolchini «Inter»dan tortib olishi mumkin

«Milan» futbolchini «Inter»dan tortib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Jed Spens Italiyaning «Milan» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «rossoneri» 26 yoshli futbolchini sotishga e’tibor qaratgan, «shporlar» esa uni taxminan 50 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, himoyachiga «Inter» ham anchadan beri qiziqish bildirib keladi.

Ta’kidlanishicha, avvalroq Spensning xizmatlariga «Roma» ham qiziqqan, ammo rimliklar «Tottenxem»ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor bo‘lishmagan. Bundan tashqari, futbolchi «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ga ham taklif qilingan. Mersisaydliklar Spensdan darhol voz kechishgan, «qizil iblislar» esa hozircha hech qanday javob berishgani yo‘q.

O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 44 ta o‘yinda maydonga tushgan va natijali harakatlar bilan ajralib turmagan.

Kiritildi: 15:24, 11.08.2026.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик