Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Spaletti: "Duslas Luis jamoada qoladi"

Spaletti: "Duslas Luis jamoada qoladi"

Baho:
+ | -

"Yuventus" mavsumoldi tayyorgarlik doirasida "Palermo" ustidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi. Kenan Yildiz va Arkadiush Milik gol urdilar.

Turin jamoasi 4-2-3-1 sxemasida harakat qildi. Yildiz, Fransishku Konseysau va Kerim Alaybegovich Randal Kolo-Muanining orqasida saf tortishdi.

"Alaybegovich deyarli har doim raqibning o‘ng markaziy himoyachisiga hujum qilgani uchun Kenan o‘zini qurbon qilib, himoyachini quvib yetdi. U buni kamtarlik bilan, jamoa uchun bor kuchini sarflaydigan haqiqiy professional kabi qildi", - dedi "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti.

O‘yindan oldin Pyer Kalyulyu mashg‘ulotlar paytida jarohat oldi va o‘z o‘rnini Federiko Gattiga bo‘shatib berdi.

"Kalulu bilan jiddiy muammo yo‘q. Dastlab Gatti 20-30 daqiqa o‘ynashi kutilgan edi, ammo u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi", deb ta’kidladi murabbiy.

Spalletti shuningdek, Duglas Luisni maydonga tushirdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, braziliyalik muvaffaqiyatli mavsumoldi tayyorgarlikdan so‘ng "Yuventus"da qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

"Biz hali ham hamma narsani baholashimiz kerak bo‘ladi, lekin Duglas Luis bu mavsumda jamoada qoladi. Men uni yaxshiroq bilish uchun u bilan muntazam ravishda o‘ynab kelmoqdaman" - deya qo‘shimcha qildi.

17 avgust kuni "Yuventus" S Seriyada o‘ynayotgan o‘rinbosarlar jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Kiritildi: 22:37, 11.08.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик