Darvozabon Jion Suzuki "Parma"dan "PSJ"ga o‘tganidan so‘ng darhol Italiyaga qaytishi mumkin. Fransiya giganti yaponiyalik posbonining transferini yakunlashga yaqin, uning shartnoma qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.
Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" bugun, chorshanba kuni 23 yoshli darvozabonning agenti bilan ijara shartnomasini muhokama qilish uchun uchrashadi. Parijliklar yangi transferini mavsumning qolgan qismida Turinga qo‘yib yuborishga tayyor. Qarorni futbolchining o‘zi qabul qiladi.
Jion Suzuki "Parma" safida A Seriyada 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 81 ta gol o‘tkazib yuborgan va 13 tasida darvozasi daxlsiz qolgan. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida darvozabon Yaponiya terma jamoasining barcha to‘rtta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan.













