Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Moskva Emeriga katta saboq bergan

Moskva Emeriga katta saboq bergan

Baho:
+ | -

Unai Emeri «PSJ»ga qarshi Yevropa Superkubogi o‘yinigacha bo‘lgan yo‘lini tasvirlab berdi.

«Mening murabbiylik faoliyatim — doimo yaxshiroq bo‘lishga intilishdan iborat. Ilk bor xorijda, Moskvada ishlaganimda, bu uydan uzoqda, boshqa mamlakat va boshqa ligadagi ilk tajribam edi. Albatta, u yerda ko‘p narsalarni o‘rgandim, ammo o‘sha davrni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. U yerda olti oy ishladim. Keyin “Sevilya”, so‘ng “PSJ”ni boshqarish uchun yo‘l olganimda, yana o‘zimdagi barcha avvalgi tajribadan foydalanib, yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qildim.

Parijda ikki yil ishladim. Men baxtli edim, juda talabchan bo‘ldik, sovrinlarni qo‘lga kiritdik, ammo Chempionlar ligasida oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erisha olmadik. Shundan keyin “Arsenal” men uchun shunga o‘xshash yana bir tajriba bo‘ldi. Albatta, u yerda ham o‘zimni to‘liq muvaffaqiyat qozongandek his qilmadim, ammo o‘sha bir yil, mening nazarimda, yaxshi o‘tdi.

Keyingi imkoniyat esa shu yerda, “Aston Villa”da paydo bo‘ldi. Men yana o‘z tajribamdan, o‘rgangan barcha narsalarimdan foydalanib, yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qildim» — dedi “Aston Villa” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 16:01, 12.08.2026.
O'qildi: 319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик