«PSJ» prezidenti Nasser Al-Xelayfiy UYEFA Superkubogidagi g‘alabadan so‘ng uning FIFA prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«FIFA prezidenti lavozimi? Men “PSJ” prezidenti bo‘lganimdan juda-juda-juda baxtiyorman!» — deya Al-Xelaifiyning so‘zlarini keltirdi CulturePSG.
Avvalroq Politico nashri yevropalik futbol amaldorlari Al-Xelayfini FIFA prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.













