Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Rasman: Xavi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman: Xavi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Xavi Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) matbuot xizmati xabar berdi. Tomonlar 2030 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Xavi bu lavozimda 1 iyul kuni iste’foga chiqqan Ronald Kumanning o‘rnini egalladi. Niderlandiya terma jamoasi 30 iyun kuni JCH-2026 1/16 finalida Marokashga 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan va musobaqani tark etgan.

Xavi 2021 yildan 2024 yilgacha «Barselona»ni boshqargan. 46 yoshli mutaxassis kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibi bo‘lgan. Undan avval Xavi Qatarning «As-Sadd» klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan. 

Kiritildi: 04:00, 13.08.2026.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик