Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya - Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston - Yaponiya

Karrik Reshford haqida: "U o‘yinimizga o‘ziga xos nimadir qo‘sha oladi"

Karrik Reshford haqida: "U o‘yinimizga o‘ziga xos nimadir qo‘sha oladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik Markus Reshford haqida fikr bildirdi.

28 yoshli futbolchi "Barselona"dagi ijaradan so‘ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Ko‘plab transfer mish-mishlariga qaramay, "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi hozircha klubni tark etmadi. Katta ehtimol bilan u yangi mavsumni "Manchester Yunayted" safida boshlaydi.

"Reshford — bizning futbolchimiz. U jamoaga ajoyib formada qaytdi. Men uchun Markus jamoamizdagi boshqa barcha futbolchilar kabi teng huquqli o‘yinchi. Men uni anchadan beri bilaman va u o‘yinimizga o‘ziga xos nimadir qo‘sha oladi. Yangi mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz", — deya Kerrikning so‘zlarini centredevils keltirdi.

15 avgust kuni "Manchester Yunayted" "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Oradan bir hafta o‘tib, Karrik jamoasi Angliya Premyer-ligasidagi yangi mavsumni "Xall Siti"ga qarshi safar uchrashuvi bilan boshlaydi.

Kiritildi: 10:38, 13.08.2026.
O'qildi: 816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик