Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Mourinyo Bellingemdan «Real»da qanday foydalanishi ma’lum bo‘ldi

Mourinyo Bellingemdan «Real»da qanday foydalanishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem ta’tildan so‘ng Madrid klubi safiga qaytdi.

Diario AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo angliyalik futbolchidan 4-2-3-1 taktik sxemasida «o‘nlik» pozisiyasida foydalanishni rejalashtirmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis Bellingem zarurat tug‘ilsa, maydon markazida ancha chuqurroq pozisiyada ham harakat qila olishini yaxshi biladi. Biroq Mourinyoning fikricha, yarim himoyachi raqib jarima maydoni oldida o‘ynaganda jamoaga eng katta foyda keltira oladi.

O‘tgan mavsumda 23 yoshli Bellingem barcha musobaqalar hisobga olinganda 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real» yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:21, 13.08.2026.
O'qildi: 1770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик