«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim vinger Rafael Leauni tarkibda saqlab qolishga qarshi emas, ammo agar yaxshi taklif tushsa, uning sotilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «rossoneri»lar portugaliyalik futbolchi uchun moliyaviy talablarini pasaytirishgan — avvalroq klub u uchun 60 million yevro so‘ragan bo‘lsa, endilikda 40–45 million yevroga sotishga rozi.
Aslida Leauning «Milan» bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud va hujjatda tovon puli 175 million yevro etib belgilangan. Biroq Italiya klubi shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda futbolchining bozor qiymati yanada tushib ketishidan xavotirda va shu sababli uni hoziroq sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, shu yozda Leauning o‘zi Angliya Premyer-ligasi yoki Ispaniya La Ligasi klublaridan taklif kutgan, ammo hozircha ushbu chempionatlardan hech qanday rasmiy taklif tushmagan.













