Kirish Ro'yxatdan o'tish

FIFA Infantino bo‘yicha 2016 yildagi tekshiruv tafsilotlarini 10 yil oshkor qilmagan — The Times

FIFA Infantino bo‘yicha 2016 yildagi tekshiruv tafsilotlarini 10 yil oshkor qilmagan — The Times

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino 2016 yilda lavozimga saylanganidan ko‘p o‘tmay unga nisbatan o‘tkazilgan tekshiruv tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Times xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, FIFA ushbu ish bo‘yicha to‘liq hisobotni qariyb o‘n yil davomida ochiqlamagan.

Tekshiruv doirasida Infantinoning Moskvaga Vladimir Putin bilan uchrashuv uchun qilgan safari, keyin esa Qatarga yo‘l olgani o‘rganilgan. Ushbu safarlar xarajatlari Rossiya va Qatar tomonidan qoplangan.

Shuningdek, Infantinoning Milandan Rimga rafiqasi va onasi bilan birga borib, Rim papasi Fransisk bilan uchrashgan safari ham alohida tekshirilgan.

FIFA prezidenti tergovchilarga xususiy samolyot rossiyalik milliarder Leon Semenenkoga tegishli bo‘lganini aytgan. U Alisher Usmonovning sobiq biznes hamkori sifatida tilga olingan.

FIFA Etika qo‘mitasi tekshiruvni 2016 yil yozida yakunlagan. Yakunda Infantino oqlangan va xususiy samolyotlardan foydalanishda qoidabuzarlik aniqlanmagan.

Tekshiruv Infantinoning FIFA prezidenti etib saylanganidan keyingi shartnomasini ham qamrab olgan. U dastlab shartnomani imzolashdan bosh tortgan va yiliga 2 mln dollar miqdoridagi taklif qilingan maoshni "haqoratomuz" deb atagan.

Tergov yakuniga ko‘ra, Infantino barcha ko‘rib chiqilgan holatlar bo‘yicha oqlangan va unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo‘llanmagan.

Kiritildi: 21:48, 14.08.2026.
O'qildi: 1093 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик