Superliga 17-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» — «Lokomotiv» (2:1) uchrashuvidan so‘ng «Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
— O‘yin haqida fikringiz?
— Ikkita xato ikkita golga olib keldi. Shundan keyin o‘yinni nazorat qilishga harakat qildik, vaziyatlar yaratdik va ikkinchi taymda hisobni qisqartirdik. Maydon holati yaxshi emas ekan, bu bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Shunday yomon maydonda futbol o‘ynashga harakat qildik. Uch ochko yo‘qotganimiz yaxshi bo‘lmadi. Uchrashuvni bosim ostida o‘tkazdik, bu holat o‘yin boshlarida sezildi. Qiyin vaziyatdan chiqib keta oldik deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdik.
— Temurxo‘ja Abduxoliqovning oilasida ro‘y bergan yo‘qotish jamoaga qanchalik ta’sir qildi?
— Temurxo‘ja eng yaxshi o‘yinchilarimizdan biri. Buni statistika ham aytib turibdi. U tez-tez gol uryapti. Afsus, uning oilasida yo‘qotish yuz berdi. Temurxo‘jaga sabr tilayman. Bu futbol, bu hayot, doim ham bir tekis ketmaydi. Biz esa futbolda maqsad sari olg‘a davom etishimiz kerak.
— Nikita Shevchenko qanchalik ishonchni oqlayapti?
— Ko‘p o‘yinchilar qatori unga ham vaqt kerak. Asosiy tarkibda o‘ynab ketish birdaniga bo‘lmaydi. Nikita hali ko‘p o‘ynagani yo‘q. Asosiy tarkibda o‘ynash umuman boshqa muhitni yuzaga keltiradi.













