Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Milan" Ruben Loftus-CHik bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

"Milan" Ruben Loftus-CHik bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

"Milan" xavbeki Ruben Loftus-CHik klub bilan yangi shartnoma tuzishi mumkin.

Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi keyingi yilning yozida nihoyasiga yetadi, ammo "rossoneri" hamkorlikni davom ettirishdan umidvor. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, "Milan" 30 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.

Ruben Loftus-CHik 2023 yilda o‘zining qadrdon klubi "Chelsi"dan Italiya grandi safiga ko‘chib o‘tgan edi. Yarim himoyachi Milan klubi safida barcha turnirlarda jami 100 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 08:53, 16.08.2026.
O'qildi: 337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик