"Tottenxem" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir qator yirik transferlarni amalga oshirishi mumkin.
"Shporlar" "Manchester Siti" vingeri Savio va "Liverpul" futbolchisi Kodi Gakpo bilan bog‘liq kelishuvlarni yakunlash niyatida. Ammo klubning rejalari bu bilan cheklanmaydi.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, London klubi yana yangi markaziy hujumchi xarid qilishni ham rejalashtirmoqda.
So‘nggi vaqtlarda "Tottenxem" "Monako" hujumchisi Folarin Balogun, "Galatasaray" forvardi Viktor Osimxen va "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson bilan bog‘lanmoqda.
Joriy yozda "Tottenxem" yangi futbolchilar uchun qariyb 270 mln yevro sarfladi. Klubning futbolchilar sotuvidan tushgan umumiy daromadi esa hozircha 170 mln yevrodan kamni tashkil etmoqda.













