Taniqli insayder Fabrisio Romano "PSJ" vingeri Bredli Barkolaning "Liverpul"ga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
"Qizillar" fransuz futbolchisiga qiziqishni saqlab turibdi, ammo hozircha Parij klubi bilan transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
"PSJ"da hozir hujum chizig‘ida olti yoki yettita futbolchi bor. Shu sabab Barkolaning ketishi klub uchun ham foydali bo‘ladi va moliyaviy daromad keltiradi. "Liverpul" esa o‘ziga kerakli futbolchini qo‘lga kiritadi.
Barkola bir yildan beri "Liverpul"ning transfer maqsadlari qatorida. Bu transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori, men hali ham bunga ishonaman", — dedi Romano.
Mish-mishlarga ko‘ra, "PSJ" 23 yoshli Barkola uchun 150 mln yevrodan ortiq mablag‘ talab qilmoqda.
Futbolchining o‘zi esa "Liverpul"ga o‘tish variantini ma’qullagan.













