Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Arsenal" yangi mavsumda ham APL chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar

"Arsenal" yangi mavsumda ham APL chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar

Baho:
+ | -

Opta superkompyuteri Angliya Premyer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumida chempionlik uchun asosiy da’vogarlarni aniqladi.

Prognozni tuzish uchun model chempionatni 10 ming marta simulyasiya qilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, amaldagi Angliya chempioni "Arsenal" asosiy favorit deb topildi. Mikel Arteta jamoasining chempionlik unvonini himoya qilish ehtimoli 38 foizga baholangan.

Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" bormoqda — 20,5 foiz. Kuchli uchlikni "Liverpul" 9,2 foizlik ko‘rsatkich bilan yakunlagan.

"Manchester Yunayted"ning chempion bo‘lish ehtimoli 6,2 foizga teng. "Aston Villa"ga 4,8 foiz, "Chelsi"ga esa 4,1 foiz imkoniyat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsumda "Arsenal" Angliya chempioni bo‘lgan. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" esa kuchli uchlikdan joy olgan.

Kiritildi: 10:41, 16.08.2026.
O'qildi: 359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик