Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

«Barselona» va Mark Bernal uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

«Barselona» va Mark Bernal uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal yaqin orada Ispaniya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklarning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi bilan tuziladigan yangi kelishuv 2031 yilgacha mo‘ljallanadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

O‘tgan mavsumda Bernal barcha turnirlarni hisobga olgan holda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 5 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Bernalning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:43, 16.08.2026.
O'qildi: 394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик