Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» va «Xoffenxaym» jangovar durang o‘ynashdi

«Tottenxem» va «Xoffenxaym» jangovar durang o‘ynashdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Tottenxem» va «Xoffenxaym» klublari o‘rtoqlik o‘yinida durang o‘ynashdi.

Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Germaniya klubi 16-daqiqada Adam Glojekning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi. Goldan to‘rt daqiqa o‘tib Ben Devis muvozanatni tikladi, tanaffus oldidan esa Luka Uilyams-Barnett londonliklarni oldinga olib chiqdi — 2:1. Ikkinchi bo‘limda «Xoffenxaym» javob to‘pini kiritdi: 55-daqiqada Valenten Jandre (Aleks Xonayzer) muvozanatni tikladi.

Ta’kidlash joizki, jamoalar ketma-ket ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi. Bir kun oldin «Tottenxem» raqibidan ustun kelib, 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 18:06, 16.08.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик