Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"Real" darvozabonlar murabbiyini almashtirdi — Mourinyo o‘z mutaxassisini olib keldi

"Real" darvozabonlar murabbiyini almashtirdi — Mourinyo o‘z mutaxassisini olib keldi

Baho:
+ | -

"Real" darvozabonlar murabbiyi Luis Lyopis Madrid klubini tark etdi. AS ma’lumotiga ko‘ra, yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo 61 yoshli mutaxassisni o‘z shtabida olib qolmaslikka qaror qilgan.

Portugaliyalik murabbiy darvozabonlar bilan ishlash uchun o‘zining ko‘p yillik hamkori Nunu Santushni olib kelgan. Mourinyo va Santush qariyb 20 yildan beri birga ishlab keladi. Lyopisning klubda boshqa vazifada qolishi imkoniyati ham muhokama qilingan, ammo yakunda tomonlar hamkorlikni to‘xtatgan.

Lyopis "Real"ning asosiy jamoasida jami sakkiz mavsum faoliyat olib borgan. U Keylor Navas va Tibo Kurtua kabi darvozabonlar bilan ishlagan va klubdagi so‘nggi davri 2021 yilda Karlo Anchelottining qaytishi bilan boshlangan edi. Keyinchalik u Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa shtablarida ham ishini davom ettirgan.

Mourinyo esa "Real" murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Antonio Pintus klubda qolgan, ammo uning vazifasi avvalgidan farq qiladi. 

Kiritildi: 18:21, 16.08.2026.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик