Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

17-tur Superligada eng sermahsul turlar qatoriga kirdi

17-tur Superligada eng sermahsul turlar qatoriga kirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turida jami 28 ta gol urildi. Bu 2026 yilgi mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkichga teng bo‘ldi.

O‘zPFL ma’lumotiga ko‘ra, bunga qadar 13-turda ham 28 ta gol qayd etilgan edi. Shu tariqa, 13 va 17-turlar mavsumning eng sermahsul turlari bo‘lib turibdi.

Keyingi o‘rinlarda 5 va 10-turlar joylashgan — har ikki turda 25 tadan gol urilgan. 4 va 9-turlarda esa jamoalar 24 tadan gol kiritgan.

Eng kam gol urilgan turlar 6 va 11-turlar bo‘lib, ularda 14 tadan gol qayd etilgan. 3-turda esa 15 ta gol urilgan.

17-turda eng sermahsul bahs «Navbahor» — «Bunyodkor» uchrashuvi bo‘ldi. Namangandagi o‘yinda jamoalar jami 7 ta gol urib, «Navbahor» 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:21, 16.08.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик