Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

Vitinya: «Vaziyatlardan foydalana olmadik»

Vitinya: «Vaziyatlardan foydalana olmadik»

Baho:
+ | -

«PSJ» tayanch yarim himoyachisi Vitinya Fransiya Superkubogi uchrashuvi yakunlariga to‘xtaldi. Uning jamoasi 45 daqiqa davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, «Lans»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘yin tugashiga oz fursat qolganda tarkiblar tenglashgan edi.

«Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ayniqsa birinchi bo‘limda. Ular birinchi imkoniyatdan foydalanib gol urishdi, buning ustiga gol juda tasodifiy chiqdi. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalanishda aniqlik yetishmadi. Juda achinarli holat, chunki biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bugun mayus kun, ammo ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlanamiz. Shunchaki gol urishimiz kerak edi, ammo futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi», — deydi futbolchi RMC Sports nashriga.

«PSJ» navbatdagi o‘yinini 23 avgust kuni o‘tkazadi. Fransiya chempionatining 1-turida parijliklar o‘z maydonida «Renn»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 05:41, 17.08.2026.
O'qildi: 327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик