Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta: «Biz buning uchun nima talab etilishini bilamiz»

Arteta: «Biz buning uchun nima talab etilishini bilamiz»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Superkubogi-2026 doirasida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (3:0) so‘ng jamoasining ketma-ket ikkinchi marta Angliya Premyer-ligasida zafar quchish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Bu tuyg‘uni yana boshdan kechirishni istayman, bunday ishtiyoq paydo bo‘ladi. Ushbu lahzani va bundan ham yorqinroq lahzalarni yana qayta yashashni xohlayman va buning uchun nima talab etilishini juda yaxshi bilamiz. Vazifa kanchalik murakkab ekanini tushunib turibmiz, shu bois klubimizda shunchaki muvaffaqiyatni takrorlashga intilmaganmiz. Buning uchun favqulodda nimadir qilish kerakligini bilamiz va biz bunga tayyormiz», — deydi Arteta «Arsenal» rasmiy saytiga.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 2025/2026 yilgi Angliya Premyer-ligasi mavsumini 38 ta o‘yinda 85 ochko jamg‘arib, chempionlik bilan yakunlagan edi. 

Kiritildi: 06:40, 17.08.2026.
O'qildi: 648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик