Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Yuventus» nima uchun Emiliano Martines transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

«Yuventus» nima uchun Emiliano Martines transferidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, «Yuventus» «Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesni sotib olish fikridan qaytgan.

Turinliklar 33 yoshli posbonning barmog‘idagi muammolardan xabar topgach, uni 6-7 million yevro atrofidagi arzonlashtirilgan narxda qo‘lga kiritishga umid qilishgan edi. Ular «Aston Villa» ushbu jarohat sababli yon berishi kerak deb hisoblashgan, ammo Birmingem klubi bu shartlarga rozi bo‘lmadi va bitimni rad etdi. «Yuventus» esa bundan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor emas edi.

Martinesning o‘zi Italiya grandi safiga o‘tishni xohlagan. U Jahon chempionati oldidan barmog‘ini sindirib olgan, ammo operasiyadan bosh tortgani sababli og‘riqlar haligacha saqlanib qolmoqda. Yaqin orada futbolchi baribir xirurgik amaliyotga rozi bo‘lishi mumkinligi xaridorlarni cho‘chitmoqda.

Kiritildi: 08:02, 17.08.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик