«Yuventus» yaqin vaqt ichida Gulyelmo Vikarioni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Darvozabon allaqachon Turinga yetib kelgan, deya xabar berdi jurnalist Romeo Agresti. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik futbolchi «Tottenxem»dan bir yilga ijaraga olinadi va uni 8+2 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati ham mavjud.
Italiyada Vikario «Empoli», «Venesiya», «Kalyari» va «Perudja» klublari sharafini himoya qilgan. APLda esa u uch mavsum o‘tkazdi.













