Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Liverpul" Mbaye bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi

"Liverpul" Mbaye bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi

Baho:
+ | -

"Liverpul" "PSJ" vingeri Ibrahim Mbaye bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabris Houkins xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 5 yillik shartnomaning moliyaviy shartlarini kelishib olgan. 18 yoshli futbolchiga "Bayer" ham qiziqish bildirgan, ammo Mbaye "Liverpul" variantini tanlagan va Bundesliga klubiga o‘tish niyatida emas.

"Qizillar" hujum chizig‘ini kuchaytirish rejasi doirasida Mbaye transferi ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, mersisaydliklar "PSJ"ning yana bir vingeri Bradli Barkolani ham o‘z safiga qo‘shib olish harakatini davom ettirmoqda.

Mbayening Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu sabab "PSJ" muzokaralarda kuchli pozisiyaga ega.

18 yoshli vinger yosh bo‘lishiga qaramay, "PSJ" asosiy jamoasi safida barcha musobaqalar doirasida 42 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Endi "Liverpul" "PSJ" bilan Mbaye va Bradli Barkola transferlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi kutilmoqda. Angliya klubi ikki futbolchini ham bir vaqtda xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Biroq hozircha klublar har ikki vingerning transfer qiymati bo‘yicha kelishuvga erishmagan va bitimlar rasmiylashtirilmagan.

Kiritildi: 23:12, 17.08.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик