Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Leau A Seriyaning boshqa bir klubiga taklif qilindi

Leau A Seriyaning boshqa bir klubiga taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin. Jurnalist Sasha Tavolyerining xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh 27 yoshli portugaliyalik xizmatlarini shaxsan Rim klubi egalariga taklif qilgan.

«Rossoneri» portugaliyalik vingerning transfer narxini pasaytirdi — endilikda ular avvalgi 60 million yevro o‘rniga taxminan 40 million yevro evaziga Leauni sotishga tayyor.

Leauning o‘zi yoz boshida faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishni xohlashini aytgan edi, ammo boshqa ligalardan xaridor topish murakkablik tug‘dirmoqda.

Shuningdek, «Milan» portugaliyalik futbolchining o‘rnini to‘ldirish uchun «Strasburg» a’zosi Diyego Moreyra nomzodini ko‘rib chiqmoqda va uning uchun 45 million yevro to‘lashga tayyor.

Kiritildi: 05:59, 18.08.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик