Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Superliga: 18-turni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Superliga: 18-turni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turida ishtirok eta olmaydigan futbolchilar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Professional futbol ligasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, navbatdagi turni jami 14 nafar futbolchi o‘tkazib yuboradi.

Eng katta yo‘qotish "Andijon" va "Qo‘qon-1912" klublarida — har ikki jamoadan uch nafardan futbolchi navbatdagi bahsda maydonga tushmaydi.

18-turni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar:

  • "Andijon" — Martin BoakYE, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov;
  • "Buxoro" — Muhammad Yo‘ldoshev;
  • "Lokomotiv" — Aleksey Kozlov;
  • "Nasaf" — Javohir Iskandarov;
  • "Navbahor" — Sherzod Jo‘rayev;
  • "Neftchi" — Ikromjon Aliboyev;
  • OKMK — Aziz Xolmurodov;
  • "Paxtakor" — Muhammadrasul Abdumajidov;
  • "Qizilqum" — Doston Tursunov;
  • "Qo‘qon-1912" — Muhammadamirxon Qodirov, Odiljon G‘aniyev, Jasurbek Yoqubov.

Ayniqsa, "Andijon" navbatdagi uchrashuvga sezilarli yo‘qotishlar bilan chiqadi. Jamoa 19 avgust kuni safarda "Mash’al"ga qarshi bahs olib boradi.

"Qo‘qon-1912" ham birdaniga uch futbolchisisiz qoladi. Qo‘qonliklar 19 avgust kuni "Bunyodkor" mehmoni bo‘ladi.

Tur doirasidagi dastlabki o‘yinlar 18 avgust kuni o‘tkaziladi. Jumladan, "So‘g‘diyona" — "Qizilqum" hamda "Buxoro" — "Neftchi" uchrashuvlari shu kunga belgilangan.

18-tur bahslari 21 avgustgacha davom etadi. "Paxtakor" turning so‘nggi kunlaridan birida o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 12:22, 18.08.2026.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик