"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoga "Benfika" va "Nottingem Forest" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda SPORT jurnalisti Migel Sans xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham yuqori maoshli takliflar bor. Biroq Kasadoning o‘zi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishni istamayapti.
"Barselona" esa yarim himoyachining transferidan 30 mln yevro atrofida mablag‘ ishlab olishga umid qilmoqda.
Hozircha "Benfika" yoki "Nottingem Forest" tomonidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q. Kasadoning kelajagi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar hal bo‘lishi mumkin.













